Bugun 16 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonlik futbolchi transferidan so‘ng Angliya klubining ijtimoiy tarmoqdagi obunachilari keskin oshdi

Qozog‘istonlik futbolchi transferidan so‘ng Angliya klubining ijtimoiy tarmoqdagi obunachilari keskin oshdi

Angliyaning "Byornli" klubi Qozog‘iston terma jamoasi hujumchisi Dastan Satpayev transferini e’lon qilganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar soni keskin oshganiga guvoh bo‘ldi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, bir sutka ichida klub rasmiy akkauntidagi obunachilar soni taxminan 850 mingdan 926 ming nafarga yetgan. Bu Chempionship klubi uchun yangi rekord sifatida qayd etilmoqda.

Satpayev 14 avgust kuni "Chelsi"dan "Byornli"ga 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar bir yillik ijara asosida o‘tdi. Kelishuvga ko‘ra, ijara haqi 350 ming yevroni tashkil qiladi va futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan.

Shuningdek, shartnomada "Byornli" Satpayevga yetarlicha o‘yin amaliyoti berishi shartligi haqidagi band ham mavjud.

18 yoshli forvardning transfer huquqlari "Chelsi"ga tegishli. U 12 avgust kuni London klubi bilan 2033 yilga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

15 avgust kuni Satpayev "Byornli" safida ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Kutilishicha, qozog‘istonlik hujumchi 16 avgust kuni Chempionship 1-turida "Vest Xem"ga qarshi bahsda yangi jamoasi safida debyut qilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:52. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!