Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Mamlakatdan qochib ketgan Madagaskar prezidentining o‘rnini kim egallaydi?

Mamlakatdan qochib ketgan Madagaskar prezidentining o‘rnini kim egallaydi?

Madagaskar Oliy sudi armiya polkovnigi Maykl Randrianirinani hokimiyatni egallab olish ortidan prezidentlik lavozimini egallashga chaqirdi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

"Madagaskar Oliy sudi seshanba kuni "Z avlodi" namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida isyon uyushtirganidan so‘ng hokimiyatni egallab olgan armiya qo‘mondoni, polkovnik Maykl Randrianirinani mamlakatning yangi prezidenti lavozimini egallashga chaqirdi", — deyiladi xabarda.

Oliy sud, shuningdek, Randrianirinani 60 kun ichida yangi saylovlar tashkil etishga chaqirdi.

Avvalroq, harbiylar boshlig‘i, polkovnik Maykl Randrianirina ommaviy nutqi chog‘ida yangi saylovlar o‘tkazilgunga qadar ikki yil davom etadigan o‘tish davri boshlanganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 07:15 15.10.2025. O'qildi: 850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!