Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Malika Diananing o‘limidan oldin aytgan so‘nggi so‘zlari ma’lum qilindi

Malika Diananing o‘limidan oldin aytgan so‘nggi so‘zlari ma’lum qilindi

Parijning avariya-qutqaruv xizmati xodimi Ksavye Gurmelon malika Diana avtohalokatga uchragandan keyingi ilk daqiqalarda nima yuz bergani haqida so‘zlab berdi.

Gurmelon voqea joyi – Alma ko‘prigi oldidagi tunnelga birinchilardan yetib kelgan. Uning aytishicha, yo‘l-transport hodisasidan keyin malika gapira olgan.    

“Men uning qo‘llaridan ushlab, bezovta bo‘lmaslik va qimirlamaslikni so‘rardim. Men biz bu yerga unga yordam berish uchun kelganimiz aytdim. U esa “Yo tangrim, nima yuz berdi?” deb javob qilgandi”, deb eslagan o‘sha voqealarni Gurmelon. 

Qutqaruvchiga malika olgan jarohatlar yengil bo‘lib tuyulgan: unda qon izlari va og‘ir jarohatlar izlari bo‘lmagan. Gurmelonning aytishicha, Diananing o‘ng yelkasi yengil shikastlangan bo‘lgan, shu sababli u malikaning hayoti xavf ostidamas deb hisoblagan. Qutqaruvchi Diananing shifoxonada o‘lganidan hayratga tushganini aytgan.

Diananing o‘limiga olib kelgan avtohalokat 1997 yil 31 avgustda yuz bergan. Diana ketgan, tadbirkor Dodi al-Fayozning avtomobili katta tezlikda tunnel devoriga borib urilgan, so‘ngra yo‘ldagi ajratuvchi to‘siqqa urilib, to‘ntarilib ketgan. Al-Fayoz va haydovchi voqea joyida jon bergan, Diana esa yo‘l-transport hodisasidan 2 soat o‘tib shifoxonada vafot etgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 10:59 01.09.2018. O'qildi: 2053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!