Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 6 martdagi "2022-2023-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy davlat attestasiyasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga ko‘ra quyidagi fanlardan yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladi:
9-sinflar uchun:
Ona tili va adabiyot (yozma, bayon);
Matematika (yozma);
O‘zbek tili - ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun / Rus tili - ta’lim rus tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun (og‘zaki);
Tarix (og‘zaki);
Jismoniy tarbiya (amaliy);
O‘quvchining tanlovi bo‘yicha* (og‘zaki).
11-sinflar uchun:
Ona tili va adabiyot (yozma-insho);
Matematika (yozma);
O‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun) /Ta’lim muassasasi tanlovi** (yozma va og‘zaki);
Chet tili (yozma va og‘zaki);
O‘zbekiston tarixi (og‘zaki);
O‘quvchining tanlovi bo‘yicha* (og‘zaki).