Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Maktablarda 1-sinfga qabul qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

A A A
Maktablarda 1-sinfga qabul qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 1-sinfga qabul qachondan boshlanishini ma’lum qildi.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich mikrohudud doirasida (20 iyun – 31 iyul), 2-bosqich: mikrohududdan tashqarida (1-15 avgust). 43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20 iyun soat 10:00 dan boshlab “my.maktab.uz” elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.

Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublika bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 21:18 19.06.2023. O'qildi: 3200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!