Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Maktab o‘quvchisining qaltis harakati oilaga 44 million so‘mga tushdi

Maktab o‘quvchisining qaltis harakati oilaga 44 million so‘mga tushdi

Denov tumanidagi maktablardan birining 11-sinf o‘quvchisi Shokir Boltayev akasining “VAZ-2106” avtomashinasini uning ruxsatisiz boshqarib, Do‘stlik mahallasi hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega “M-41” avtomobil yo‘lida qo‘pol yo‘l harakati qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan “NEXIA” rusumli avtomashina bilan to‘qnashadi. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida maktab o‘quvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudning hukmi bilan 7 million 500 ming so‘m jinoiy jarima, 36 million 720 ming so‘m moddiy zarar undirish belgilanadi.

MIB viloyat boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, sudning ijro hujjati Denov tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, tegishli harakatlar olib borildi. Davlat ijrochilari belgilangan jinoiy jarima va “NEXIA” rusumli avtomashinasi egasi foydasiga moddiy zararni to‘liq undirib berdi.

Avtomashina boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan maktab o‘quvchisi oqibatini o‘ylamay tashlagan birgina qaltis harakati bilan oila byudjetiga ham “yaxshigina” moddiy zarar yetkazdi.

Kiritildi: 17:17 08.05.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!