Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Maktab, bog‘chalar qurishni moliyalashtirish mahalliy byudjetlarga o‘tkaziladi

Maktab, bog‘chalar qurishni moliyalashtirish mahalliy byudjetlarga o‘tkaziladi

2026 yildan akademik liseylarni saqlash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktablar ob’ektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va mukammal ta’mirlash xarajatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjetidan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar viloyat byudjetlariga va Toshkent shahri shahar byudjetiga 2026 yilda 19,7 trln so‘m (shundan, aksiz solig‘i tushumlari hisobidan 3,6 trln so‘m) tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar o‘tkazib berilishi prognoz qilingan.

Kiritildi: Bugun 15:08. O'qildi: 125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!