Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ifop-Fiducial "Fransuzlarning ellik sevimli siyosiy shaxsi" barometrida ko‘rinmagan birinchi Fransiya prezidenti bo‘ldi.
Bu haqda Paris Match nashri xabar berdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, Makron Fransua Bayru bilan deyarli tenglashib, 51-o‘rinni egalladi (21,5% va 21,9% ijobiy baho). Uning o‘tmishdoshlari Nikolya Sarkozi va Fransua Olland prezidentlik davrida hech qachon 43-o‘rindan pastga tushmagan.
Ifop bosh direktori Frederik Dabi: "Fransuz respondentlarining 78 foizi endi Emmanuel Makron haqida salbiy fikrda (o‘tgan oy 70 foizga nisbatan)" - dedi.