Evropaning ayrim davlat rahbarlari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron lavozimini tark etgach, uning tashabbusi bilan tashkil etilgan Yevropa siyosiy hamjamiyati ham faoliyatini to‘xtatishiga umid qilmoqda.
Politico nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, ba’zi yevropalik yetakchilar ushbu forumning samaradorligidan ko‘ngli to‘lmayapti va uning kelajagiga shubha bilan qaramoqda.
«Ular kelasi yili Fransiyada yangi prezident ish boshlashi bilan ushbu tuzilma ham o‘z faoliyatini to‘xtatishiga umid qilmoqda», — deyiladi nashr materialida.
Evropa siyosiy hamjamiyati 2022 yilda Makron tashabbusi bilan tashkil etilgan. Fransiyada esa navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027 yilda bo‘lib o‘tadi.