Emmanuel Makron Xitoyga Yevropa Ittifoqi tomonidan bojlar joriy etilishi bilan tahdid qildi.
"Agar Pekin savdo kelishmovchiliklariga javob bermasa, Yevropa Ittifoqi yaqin vaqt ichida Xitoyga qarshi qat’iy choralar, jumladan, bojlar joriy qilishi mumkin", — dedi Fransiya prezidenti Echos gazetasiga bergan intervyusida.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning savdo balansi barqaror emas, bu mamlakat, Yevropa mahsulotlarini juda kam import qiladi.
Shuningdek, Fransiya prezidenti mazkur masalani Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen bilan muhokama qilganini qo‘shimcha qildi.