Bugun 11 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Makron Trampni ogohlantirdi

Makron Trampni ogohlantirdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga ko‘ra, AQShning Yevropa Ittifoqi tovarlariga bojlar joriy etishi inflyasiyaning oshishiga olib kelishi bilan Amerika iqtisodiyotiga zarar yetkazishi mumkin. Makron 10 fevral, dushanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida Vashingtonni Yevropa Ittifoqi bilan savdo urushini boshlash o‘rniga Xitoy, Yaqin Sharqdagi inqiroz va Ukrainadagi urushga qarshi turishga e’tibor qaratishga chaqirdi.

«Evropa sizning ittifoqdoshingiz va agar siz Yevropa sarmoya, mudofaa va xavfsizlik masalalarida ko‘proq ishtirok etishini istasangiz, taraqqiyotga umid qilsangiz, bu AQSh manfaatlariga mos keladi, deb hisoblayman, bojlar bilan tahdid qilib, Yevropa iqtisodiyotiga zarar yetkazmasligingiz kerak», deb ta’kidladi Fransiya prezidenti.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga bojxona to‘lovlari bilan tahdid qilib, Yevropa bilan savdo taqchilligini kamaytirish zarurligini aytib o‘tgandi. Yevropa Ittifoqi tegishli javobga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bir kun avval Tramp barcha davlatlar uchun istisnosiz AQShga po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi. Uning birinchi prezidentlik davridagi xuddi shunday harakat AQSh va Bryussel o‘rtasida keskin savdo mojarosiga olib keldi. O‘shanda Yevropa Ittifoqi bir qator Amerika tovarlari, jumladan, Harley-Davidson motosikllari va Levi Strauss kiyim-kechak brendiga o‘zining maxsus bojlarini o‘rnatdi.

Kiritildi: 22:35 10.02.2025. O'qildi: 1810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!