Bugun 11 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Javohir Sindarov Freestyle Chess Grand Slam 1/2 finalida!

Javohir Sindarov Freestyle Chess Grand Slam 1/2 finalida!

Iste’dodli grossmeysterimiz Javohir Sindarov amerikalik Xikaru Nakamuraga qarshi tay-brekning hal qiluvchi ikkinchi partiyasini o‘tkazdi.

Xabaringiz bor, 1/4 finalning asosiy ikki uchrashuvida durang natija qayd etilgandi. Tay-brekning birinchi uchrashuvida qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, Sindarov g‘alaba qozondi. Ikkinchi partiyani oq donalarda o‘tkazgan hamyurtimiz kambek evaziga yana g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, amerikalik nomdor grossmeyster Xikaru Nakamurani murakkab kechgan qarama-qarshilikda mag‘lubiyatga uchratgan Javohir Sindarov mukofot jamg‘armasi 750 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi Freestyle Chess Grand Slam turnirining 1/2 finaliga yo‘l oldi.

Nakamura endi 1/4 finalda Nodirbek Abdusattorov singari 5-o‘rin uchun kurashni davom ettiradi. Sindarov esa 1/2 finalda boshqa bir amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Bu uchrashuvlar ertaga o‘tkaziladi.

Kiritildi: 23:30 10.02.2025. O'qildi: 1810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!