Bugun 11 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

"Yo‘q, ular qaytishmaydi..."

"Yo‘q, ular qaytishmaydi..."

Donald Tramp G‘azo sektorining AQSh tomonidan nazorat qilinishi rejasi falastinliklarning keyinchalik u yerga qaytish imkoniyatini ko‘zda tutmasligini ma’lum qildi, deb yozmoqda AFP.

"Yo‘q, ular qaytishmaydi, chunki ularning yangi turar joylari ancha yaxshiroq bo‘ladi", — deya ta’kidladi u.

Trampning oydinlik kiritishicha, gap falastinliklar uchun boshqa hududda doimiy turar joy qurilishi haqida bormoqda.

Avvalroq, AQSh Prezidenti Donald Tramp "Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorini sotib olib, uning ustidan nazorat o‘rnatishi va keyinchalik arab mamlakatlari yordamida qayta tiklashi mumkin" deya fikr bildirgandi.

Kiritildi: 21:11 10.02.2025. O'qildi: 1363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!