Bugun 11 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Rasman: Qozog‘istonlik futbolchi "Chelsi"ga o‘tdi

Rasman: Qozog‘istonlik futbolchi "Chelsi"ga o‘tdi

Hujumchi Dastan Satpayev faoliyatini Londonning "Chelsi" jamoasida davom ettiradi.

Bu haqda Olmaota klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Qayrat" va "Chelsi" 16 yoshli hujumchining transferi borasida kelishuvga erishgan. 2026 yilning yozida, balog‘at yoshiga yetganidan so‘ng, u rasman ingliz klubiga o‘tadi. Ungacha Satpayev "Qayrat" safida o‘ynashda davom etadi.

Dastan Olmaota shahrida tug‘ilgan, 8 yoshida "Qayrat" akademiyasiga kirib, tayyorgarlikning barcha bosqichlaridan o‘tgan. 2024 yilning may oyida 15 yoshli Satpayev asosiy jamoada debyut qilgan "Qayrat" tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

Kiritildi: 16:45 10.02.2025. O'qildi: 1269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!