Bugun 11 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Malayziya Bosh vaziri: Turkiya geosiyosiy kuchga aylandi

Malayziya Bosh vaziri: Turkiya geosiyosiy kuchga aylandi

Turkiya jahon sahnasida o‘z ta’sirini sezilarli darajada oshirib, geosiyosiy kuchga aylana oldi. Bu haqda Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim ma’lum qildi.

Hukumat rahbari, Prezident Rajap Tayyip Erdog‘anga Perak sultoni Nazrin Shoh tomonidan faxriy doktor unvoni topshirilgan marosimda so‘zladi. Tadbir Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi Putraja xalqaro anjumanlar markazida bo‘lib o‘tdi.

Anvar Ibrohim, “Turkiya milliy o‘zligini, nufuzini sezilarli darajada oshirgan va geosiyosiy kuchga aylangan davlatdir” dedi.

Bosh vazir, Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning sa’y-harakatlari tufayli Turkiya bugun har qachongidan ham kuchliroq ekanini qayd etdi.

Kiritildi: 15:39 10.02.2025. O'qildi: 1323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!