Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Makron fransuz kompaniyalarini AQShga investisiyalarni to‘xtatishga chaqirdi

Makron fransuz kompaniyalarini AQShga investisiyalarni to‘xtatishga chaqirdi

Bu chaqiriq AQSh prezidenti Donald Trampning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga nisbatan savdo bojlarini joriy qilish qarori ortidan yuzaga keldi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

"Qo‘shma Shtatlar Yevropaga zarba berayotgan paytda Amerika kompaniyalariga sarmoya kiritish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Biz jamoaviy birdamlikni ko‘rsatishimiz kerak", — deya ta’kidladi Fransiya prezidenti.

AQSh prezidenti Donald Tramp 180 ta davlat va hududdan import uchun turli miqdordagi bojlarini joriy etdi. Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan mahsulotlar uchun boj 20% miqdorida belgilandi.

Kiritildi: 21:58 03.04.2025. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!