Bu haqda Amerikaning The Wall Street Journal gazetasidagi maqolada aytiladi.
Nashrning qayd etishicha, AQSh rahbarining keng qamrovli tariflari dunyo tartibini ko‘p jihatdan o‘zgartiradi va “birgina g‘olib allaqachon ma’lum bo‘ldi”.
“Xitoy rahbari haftani ajoyib o‘tkazdi”, deb hisoblaydi maqola mualliflari.
Qo‘shma Shtatlar, deyiladi maqolada, Yevropa davlatlarini Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarni zaiflashtirishga ko‘ndirish uchun yillar sarfladi, biroq endi Amerika prezidentining xatti-harakatlari tufayli ularning Pekin bilan aloqalarini tiklashi faqat vaqt masalasidir.
Qolaversa, Xitoy Osiyo mamlakatlari uchun muqobil hamkorga aylanadi, ularning Amerikaga qarshi kayfiyati yanada kuchayadi. Mualliflar, shuningdek, Trampning tariflaridan norozi bo‘lgan G‘arb bu hafta Xitoyga o‘zining barcha tarqoqligini va kuchsizligini namoyish qilganini qayd etadi.