Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tartibsizliklar va talonchiliklarning oldini olish maqsadida kelgusi shanba kuni ruxsatsiz namoyishlarni taqiqlashni buyurdi. Faqat polisiya bilan kelishilgan yo‘nalishlarda kasaba uyushmalari tashkil etadigan yurishlarga ruxsat beriladi.
«Markaziy Osiyo» nashri xabar berishicha, mamlakatdagi noroziliklar sentyabr oxirida boshlanib, keyinchalik turmush sharoitining yomonlashishiga qarshi keng ko‘lamli harakatga aylangan.
O‘tgan shanba kuni Fransiya bo‘ylab qariyb 500 ming kishi namoyishlarda qatnashgan. Ayrim shaharlarda chiqishlar zo‘ravonlik, do‘konlarni talash va davlat binolariga hujumlar bilan kechgan. Limoj shahrida shahar hokimiyati binosiga o‘t qo‘yilgan.
Hukumat yangi tartibsizliklarning oldini olish uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Parijning ayrim hududlarida ham namoyishlar o‘tkazish cheklangan.