Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Makron Fransiyada ommaviy tartibsizliklar takrorlanmasligi uchun chora ko‘rishni talab qildi

Makron Fransiyada ommaviy tartibsizliklar takrorlanmasligi uchun chora ko‘rishni talab qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda ommaviy tartibsizliklar qayta takrorlanmasligi uchun hukumatdan zarur choralarni ko‘rishni talab qildi.

Bu haqda davlat rahbari BFMTV telekanali orqali namoyish etilgan xalqqa murojaatida ma’lum qildi.

«Men hukumatdan razvedka ma’lumotlarini to‘plash va shu kabi voqealarni oldindan prognoz qilish masalalarida barcha zarur xulosalarni chiqarishni, shuningdek, bunday holatlar boshqa takrorlanmasligi uchun choralar ko‘rishni talab qildim», — deya Makronning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Fransiyada 17 oktyabr kuni yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 2 mingdan ortiq kishi qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgan edi.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Loran Nunyesning bildirishicha, to‘qnashuvlar oqibatida 600 nafardan ortiq polisiya xodimi, jandarm va o‘t o‘chiruvchi jabrlangan.

Namoyish ishtirokchilari Parij, Marsel va boshqa shaharlarda do‘konlarga zarar yetkazgan, shuningdek, davlat muassasalariga hujum qilgan.

Yuzaga kelgan vaziyatdan so‘ng Fransiya prezidenti hukumatni bunday voqealarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga chaqirdi.

Kiritildi: 23:44 18.10.2026. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!