Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Makron Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi JCH-2026 yarim final uchrashuviga tashrif buyurmaydi

Makron Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi JCH-2026 yarim final uchrashuviga tashrif buyurmaydi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Didye Desham shogirdlari Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan Jahon chempionati — 2026 yarim final bahsiga borishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu uchrashuv Fransiyaning milliy bayrami — Bastiliya olingan kunga to‘g‘ri keladi. Ushbu kunda prezident an’anaviy tarzda Yelisey maydonlaridagi harbiy paradda ishtirok etadi.

Biroq, agar Fransiya terma jamoasi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan finalga yo‘llanma olsa, Makron AQShga uchib boradi. Siyosatchi bundan oldingi ikkita hal qiluvchi final uchrashuvlarida (2018 va 2022 yillarda) ham bevosita stadiondan turib jamoani qo‘llab-quvvatlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi Marokko ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) evaziga JCH-2026 yarim finaliga yo‘l olgan bo‘lsa, ispaniyalik futbolchilar Belgiya to‘sig‘idan (2:1) muvaffaqiyatli o‘tib, ushbu bosqichga yo‘llanma olishgan.

Kiritildi: 17:28 11.07.2026. O'qildi: 928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!