Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Makgregor Pol-Joshua jangiga qancha pul tikishini aytdi

Makgregor Pol-Joshua jangiga qancha pul tikishini aytdi

UFC superyulduzi Konor Makgregor ertaga Mayami shahrida Entoni Joshua va Jeyk Pol jangi uchun yetti xonali summa tikmoqchi.

"Hozircha ertangi jang uchun pul tikmadim. Lekin Joshuaning 60 soniya ichida nokaut bilan g‘alaba qozonishini taxmin qilmayapman. Imkoniyatlarni koeffisiyentlarda 11 ga 1 ko‘rinishda baholayapman. Joshuaning shunchaki ochkolar bo‘yicha g‘alabasi uchun 5 million dollar tiksam, yaxshigina pul ko‘tarar ekanman - taxmiman 600 ming dollar.

Bu mutlaqo shaffof jang va u kelishilmagan. Jeyk butunlay aqldan ozgan va bu jang uni tamomila o‘zgartirib yuboradi. Men qo‘l qovushtirib o‘tirib, buning qanday sodir bo‘lishini tomosha qila olmayman", - deb yozdi irlandiyalik ijtimoiy tarmoqda.So‘nggi yillarda Makgregor tez-tez janglarga katta pul tikmoqda. Yaqinda u Las-Vegasdagi UFC 320 turnirida Aleks Pereyra Magomed Ankalayev ustidan g‘alaba qozonishi uchun pul tikkandi.

Kiritildi: 22:42 19.12.2025. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!