AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol Kongressga saylov natijalari Donald Trampning siyosiy imkoniyatlariga ta’sir qilishini bildirdi.
"Tramp endi siyosiy ta’siri susaygan prezidentga aylandi. Uning Putin bilan Rossiya manfaatlariga mos keladigan tarzda muzokara olib borish imkoniyatlari keskin qisqarmoqda", — dedi Makfol.
Uning fikricha, saylovlardan keyin Kongressning har ikki palatasida demokratlar nazorati o‘rnatilishi Tramp ma’muriyatining keyingi qarorlariga ta’sir qilishi mumkin.