Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida hokim o‘rinbosari N. Jumayevaning oila va xotin-qizlar faollariga paxta terimiga terimchilarni jalb qilish topshirig‘i bergani tasdig‘ini topib, unga nisbatan MJtK 51-modda 1-qismi asosida jarima qo‘llanildi.
✅ Buxoro shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Axborot-kutubxona markazi rahbari N. Aminova ham xuddi shunday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yib, jarimaga tortiladi.
📌 Paxta yig‘im-terimi mavsumida Davlat mehnat inspeksiyasi bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash maqsadida muntazam monitoring olib bormoqda.
Mavsum davomida hozirga qadar umumiy hisobda:
✅ 74 ta mehnat qonunchiligi buzilishi holati aniqlandi. Mehnat qonunchiligini buzgan mansabdor shaxslarga MJtKning 49-modda 1-qismi bilan ma’muriy jarima qo‘llanildi.
✅ 8 nafar mansabdor shaxs MJtKning 51-modda 1-qismi bilan jazolandi.
✅ 1400 nafardan ortiq terimchilar bilan mavsumiy mehnat shartnomalari tuzilishida yordam ko‘rsatildi.
❗️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda majburiy mehnatning har qanday shakli qat’iy taqiqlangan va qonun buzuvchilarga nisbatan javobgarlik belgilanishi ta’minlanadi.