Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mahkuma ayollarning bolalari uchun maxsus bog‘chalar ochiladi

Mahkuma ayollarning bolalari uchun maxsus bog‘chalar ochiladi

"Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkuma ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–395-son, 12.11.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 dekabrdan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun "Ona va bola markazi" maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi.

Maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:

- 5 nafargacha bolalarni qamrab oladigan kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi guruhlar tashkil etiladi;

- tarbiyalanuvchilar yashashi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, yoshiga mos ravishda rivojlanishi va kamol topishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi;

- tarbiyalanuvchilar 21-son jazoni ijro etish koloniyasi va 42-son manzil-koloniya tomonidan qonunchilikda Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun belgilangan normalarga muvofiq oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq anjomlar bilan ta’minlanadi;

- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarni o‘z vaqtida emlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ta’minlanadi;

- Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan har chorakda bola va ona uchun yaratilgan sharoitni o‘rganish maqsadida monitoring amalga oshiriladi.

Kiritildi: 22:48 13.11.2026. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik