Bugun Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC 313 turnirida yarim og‘ir vazn toifasida Aleks Pereyra va Magomed Ankalayev o‘rtasida chempionlik jangi bo‘lib o‘tdi.
Ankalayev g‘alaba qozonib, UFC’dagi rossiyalik navbatdagi chempionga aylandi. Undan oldin Oleg Taktarov, Xabib Nurmagomedov, Pyotr Yan va Islam Maxachev UFC chempioni bo‘lgan.
Ankalayev 2018 yildan beri UFC’da jang qiladi. Shu vaqt davomida u 15 ta jang o‘tkazgan.