Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) AQSh tomonidan Eronning uchta yadroviy ob’ektiga, jumladan Fordodagi eng yirik uranni boyitish zavodiga uyushtirilgan hujumlardan so‘ng, bu inshootlar atrofida radiasiya darajasining oshishi kuzatilmaganini ma’lum qildi.
"MAGATE Eron bo‘yicha yangi ma’lumotlar kelib tushgan sayin vaziyatga qo‘shimcha baho beradi", deyiladi agentlik bayonotida.