Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Madridda Pikassoning kartinasi yo‘qolib qoldi

Madridda Pikassoning kartinasi yo‘qolib qoldi

Pablo Pikassoning 1921 yilgi “Gitara bilan natyurmort” kartinasi Madriddan Granadaga ketayotganda g‘oyib bo‘ldi. Kartina CajaGranada fondida namoyish etilishi kerak edi, deb xabar berdi Euronews.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Pablo Pikassoning 1921 yilda guashda yaratilgan “Gitara bilan natyurmort” kartinasi 8 oktyabrda ochilgan CajaGranada fondida «Natyurmort. La eternidad de lo inerte» ko‘rgazmada ommaga taqdim etilishi kerak edi. Biroq o‘lchami 12,7x9 santimetr bo‘lgan kichik ish o‘z manziliga yetib bormadi.

Kartina Madriddagi Pio XII shaxsiy qarorgohidan san’at asarlarini tashishga ixtisoslashgan kompaniya tomonidan olib kelingan. U 25 sentyabrda ko‘rgazmadagi boshqa rasmlar bilan birga omborga qo‘yildi. Mashhur asar endi Granadaga yetkazilishi kerak edi.

Ko‘rgazma 2 oktyabrda ochildi va asarlar Granada madaniyat markaziga 3 oktyabrda soat 10:00 da yetkazildi. O‘sha kechasi kartinalar Deyfontes shahrida bo‘lgan. Polisiya xodimlari rassomning asari shu hududda o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildilar.

Milliy polisiyaning tarixiy meros brigadasi 10 oktyabrda jamg‘arma tomonidan berilgan shikoyatdan so‘ng tergov boshlagan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, rasmning qayerdaligi hozircha noma’lum va hech kim hibsga olinmagan.

Kiritildi: 21:17 17.10.2025. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!