Xitoy, agar Vashington Pekin bilan mojaroga intilsa, AQShga qarshi savdo, bojxona yoki boshqa har qanday urushda oxirigacha turishga tayyor ekanligi XXRning AQShdagi elchixonasining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida aytildi.
"Agar AQSh chindan ham fentanil masalasini hal qilmoqchi bo‘lsa, XXR bilan teng huquqli asosda muloqot olib borish to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Agar urush - Qo‘shma Shtatlar istagi bo‘lsa, u bojxona, savdo yoki boshqa har qanday urush bo‘lishidan qat’i nazar, biz oxirigacha turishga tayyormiz," - deya diplomatik vakolatxona matbuot xizmati yozgan.
O‘z navbatida, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szyan Xitoy hukumati yaqinlashib kelayotgan savdo urushida Qo‘shma Shtatlarga javob berishga tayyor ekanligini va Vashingtonga muloqot yo‘liga o‘tishni taklif qilayotganini bildirdi, chunki XXR o‘z manfaatlarini oxirigacha himoya qiladi.
Ilgari AQSh Xitoydan import qilinadigan bir qator tovarlarga, jumladan, kuchli og‘riq qoldiruvchi "fentanil"ga 10-20 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qilgan edi.