Parijdagi Luvrga kirish to‘lovlari Yevropadan tashqari mamlakatlardan kelganlar uchun 45 foizga oshadi.
Bu haqda Fransiya muzeyi ma’muriyatiga tayanib, Agence France-Presse agentligi ma’lum qildi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, chiptalar bu sayyohlarga 32 yevro turadi. Narxlarning oshishi 2026 yil 14 yanvardan kuchga kirishi kutilmoqda va Yevropa iqtisodiy hududiga kirmaydigan mamlakatlardan (Evropa Ittifoqi, Islandiya, Lixtenshteyn va Norvegiya) kelgan sayyohlarga taalluqlidir. Ushbu chora Fransiya hukumati tomonidan ma’qullangan.