Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Lukashenko Armanistonga Yevropa bozori haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qildi

Lukashenko Armanistonga Yevropa bozori haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Armanistonning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvi haqida fikr bildirib, mamlakat o‘z mahsulotlarini YEI bozorida qay darajada sota olishini oldindan hisoblab chiqishi kerakligini aytdi.

Lukashenko Minskda Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etayotgan delegasiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda Armaniston o‘zining konyagi, sabzavot va mevalarini Yevropa bozorida qaysi hajmda sota olishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishi zarurligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston Yevropa bozorida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga hozir eksport qilayotgan mahsulot hajmini qoplay oladimi-yo‘qmi, bu masalaga e’tibor qaratish kerak.

Lukashenko, agar Yevropa davlatlari, jumladan Fransiya, Armaniston mahsulotlarini sotib olishga tayyor bo‘lsa, YEI bozoriga chiqish mumkinligini aytdi.

U Armanistonni qaror qabul qilishda shoshilmaslikka chaqirib, avval yangi bozorlarda mahsulotlarni sotish imkoniyatlarini aniq hisoblab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!