Lukashenko va Kellogg o‘rtasidagi muzokaralar kun tartibiga xalqaro muammolar va dunyodagi umumiy vaziyat, mintaqaviy muammolar hamda Belarus-Amerika munosabatlari kiritilgan. Shu tariqa Kellogg so‘nggi yillarda Belarusga borgan AQShning eng yuqori lavozimli rasmiysi bo‘ldi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Kellogg shaxsiy suhbatlarda ushbu tashrifni Rossiyaning Ukrainadagi urushiga barham berishga qaratilgan tinchlik muzokaralarini qayta jonlantirishdagi ehtimoliy qadam sifatida ko‘rsatgan.
"Umid qilamanki, suhbatimiz samimiy va ochiq o‘tadi. Aks holda, uchrashishning hech qanday ma’nosi yo‘q. Agar bir-birimizga ayyorlik qilsak yoki sir saqlasak, natijaga erisha olmaymiz", — dedi Lukashenko Kellogga.