Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng yarim himoyachi Luka Modrich "Real"ni tark etadi.
39 yoshli xorvatiyalik futbolchi allaqachon yangi jamoa tanlagan.
La Repubblica nashrining o‘z sahifalarida xabar berishicha, Modrich "Milan"ga o‘tishga o‘zining prinsipial roziligini bergan.
Qayd etilishicha, Italiya A seriyasi giganti kelishuvning yaqin orada yakunlanishiga optimistik qaramoqda.
Gap bir yillik shartnoma haqida bormoqda - 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha.