Madridning "Real" klubini tark etgan xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 39 yoshli xorvatiyalik xavbekning xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" Modrichni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Luka "Real" safida 2012 yildan buyon to‘p tepib kelayotgan edi. Xorvat "qirollik klubi" bilan birgalikda olti marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan va to‘rt marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.