Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Loyiha! Mashinani chetga olib chiqish huquqi endi ishonchnomada alohida ko‘rsatilishi mumkin

Loyiha! Mashinani chetga olib chiqish huquqi endi ishonchnomada alohida ko‘rsatilishi mumkin

Avtomobil boshqarish uchun beriladigan ishonchnomalarda transport vositasini chet elga olib chiqish huquqi yozma ravishda ko‘rsatilishi talab qilinishi mumkin.

Mazkur tartibni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasida aytilishicha, bu – ishonchnoma asosida rasmiylashtirib berilgan avtomototransport egalarining huquqlarini ishonchli himoya qilish imkonini beradi.

Loyihada avtomototransportlarga nisbatan rasmiylashtirilgan ishonchnomada mazkur avtomototransportlarning respublika hududidan olib chiqish huquqi mavjudligi yoki cheklanganlik holatini qayd etish nazarda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda, xususan, 2024 yilda 50 nafarga yaqin fuqarolarning avtotransportlari ishonchnoma berilgan fuqarolar tomonidan chet elga olib chiqib ketib, qayta olib kirilmaganlik holatlari kuzatilgan. Xuddi shunday holat 2025 yil iyun oyida ham 8 ta holatda sodir etilgan.

Shuningdek, ishonchnoma shakli va anketaga ham ushbu huquq to‘g‘risidagi alohida band kiritiladi.

Kiritildi: 14:05 23.07.2025. O'qildi: 736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!