Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘z qizini zo‘rlagan otaga hukm o‘qildi

O‘z qizini zo‘rlagan otaga hukm o‘qildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva instagramdagi sahifasida otasi tomonidan zo‘rlangan qiz haqida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qiz bu mudhish voqea haqida hech kimga aytmagan, ammo ijtimoiy xodim tashabbusi bilan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik paytida zo‘ravonlik aniqlanib, tergov boshlangan.

Voqea tafsilotlari ochiqlangandan so‘ng, qizaloq avval oilaviy bolalar uyiga, so‘ng onasining qaramog‘iga yuborilgan.

"Hozirda unga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda", — deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilishicha, 24 iyul kuni sud otasiga nisbatan hukm chiqargan. U JKning 118-moddasi 3-qismi (zo‘rlash) bo‘yicha aybdor deb topilib, 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 1624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!