G‘arb davlatlari Rossiyadan Ukrainadagi urushni to‘xtatishni talab qilmoqda, shunda Kiyev dam olish imkoniga ega bo‘ladi va uni qurol bilan yanada ta’minlash mumkin bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytib o‘tdi.
Rossiya TIV rahbarining ta’kidlashicha, Ukraina masalasi G‘arbning Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkazishga qaratilgan siyosatining namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Lavrovning ta’kidlashicha, Yevropa bu rejalarga ancha avval tayyorgarlik ko‘rganini yashirmaydi.
"Hozir [G‘arbda] bizdan darhol o‘t ochishni to‘xtatishni va vaziyatni shundayligicha qoldirishni talab qilmoqda, shunda ular Kiyevdagi o‘z mijozlariga yana bir dam olish imkonini beradi va ularni qurol bilan ta’minlashni davom ettiradi", – dedi vazir.
Lavrov ta’kidlashicha, Yevropada Rossiyani mag‘lub qilish jiddiy maqsad sifatida qo‘yilgan va bu har kuni o‘z tasdig‘ini topmoqda.
"Germaniyaning yangi kansleri, janob [Fridrix] Mers, 'biz Germaniyani Yevropa qit’asidagi eng kuchli harbiy davlatga aylantirishimiz shart', deb aytdi. Germaniya Birinchi jahon urushi arafasida ham, Ikkinchi jahon urushi arafasida ham eng katta harbiy kuch edi va har ikki urushni aynan o‘sha boshlagan edi. Endi esa u yana Germaniyani Yevropa qit’asidagi birinchi harbiy kuch qilishni istayapti", – dedi Lavrov.
Rossiya TIV rahbari shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp pragmatik ekanini va u hech qanday urushni istamasligini aytdi. Lavrovning ta’kidlashicha, Tramp o‘zidan oldingi prezident Jo Bayden va hozirgi Yevropa yetakchilaridan farqli o‘laroq, muloqotga ochiq. U shuningdek, avvalroq Yevropa yetakchilari Kiyevga Moskva bilan tinchlik muzokaralari olib borishni taqiqlayotganini ham ta’kidlagan edi.