Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Los-Anjeles-2028 XVIII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining musobaqalar dasturi e’lon qilindi

Los-Anjeles-2028  XVIII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining musobaqalar dasturi e’lon qilindi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Los-Anjelesdagi to‘rt yillikning eng muhim turnirida Paralimpiya o‘yinlari tarixidagi eng ko‘p medallar jamg‘armasi o‘ynaladi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) boshqaruv kengashi 2028 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining musobaqalar dasturi va para sportchilar uchun qancha miqdorda yo‘llanmalar ajratilishi bo‘yicha ma’lumotnomani Milliy Paralimpiya qo‘mitalari e’tiboriga taqdim qildi.

Sport turlarining yangilangan ro‘yxatiga ko‘ra, Los-Anjeles-2028 Paralimpiya o‘yinlarida para qoyani zabt etish sporti bo‘yicha ilk bor musobaqalar o‘tkaziladi. Yana bir ahamiyatli tomoni, bu safargi o‘yinlarda ayol sportchilar ishtirok etadigan dasturlar soni yanada ko‘paytirildi.

Los-Anjeles-2028 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida 267 ta, ayollar o‘rtasida 247 ta, aralash jamoaviy yo‘nalishda 46 ta, jami 560 ta dasturda medallar o‘ynaladi.

Dasturlar soni Parij-2024 yozgi Paralimpiadasiga nisbatan 11 ta ko‘p ekanini ham ta’kidlash lozim.

Kiritildi: 19:54 04.06.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!