Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Lixtenshteynda yirik kiberhujum oqibatda 31 ming kishining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlandi

Lixtenshteynda yirik kiberhujum oqibatda 31 ming kishining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlandi

Noma’lum shaxslar kompaniyalar, jamg‘armalar va trastlar vakillariga oid ma’lumotlar saqlanadigan “Iqtisodiy vakolatli shaxslar reestri” (VwbP) tizimiga buzib kirgan.

"Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, tizimdagi ma’lumotlar o‘zgartirilgani yoki o‘chirib yuborilganini ko‘rsatuvchi hech qanday alomat yo‘q", deyiladi Lixtenshteyn hukumati bayonotida.

Ma’lum qilinishicha, VwbP reestri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish maqsadida yuritiladi. Hozirda kiberjinoyatchilarning maqsadi va hujum sabablari noma’lum.

41 mingga yaqin aholi yashaydigan Lixtenshteyn aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha dunyoning eng boy davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida moliyaviy va bank xizmatlari eng daromadli sohalardan sanaladi.

Kiritildi: 12:23 03.08.2026. O'qildi: 924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!