"Liverpul" rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoada katta o‘zgarishlar amalga oshirmoqchi.
Fichajes xabariga ko‘ra, "qizillar"da yoz uchun 250 million funt sterling transfer mablag‘i ajratilgan. Bu summagan o‘yinchilarni sotishdan tushgan pullar ham qo‘shiladi.
Jamoaning short-listidan Xulian Alvares, Xavi Simons va Alessandro Bastoni kabi futbolchilar o‘rin olgan.