Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Liverpul» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

«Liverpul» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

APLning 6-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas» – «Liverpul» uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobida zafar qozondi. Bellashuv Londondagi «Selxerst Park» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unga Kris Kavana bosh hakamlik qildi.

9-daqiqada Ismaila Sarr hisobni ochdi. 87-daqiqada Federiko Kyeza hisobni tenglashtirdi. Lekin 90+7-daqiqada Eddi Nketia g‘alaba golini urdi va «Kristal Pelas»ga muhim uch ochko olib keldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng «Kristal Pelas» 12 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda joylashdi. «Liverpul» esa 15 ochko bilan birinchi pog‘onani saqlab qoldi.

Keyingi turda «Kristal Pelas» 5 oktyabr kuni safarda «Everton»ga qarshi maydonga tushishadi. Mersisaydliklar esa 4 oktyabr kuni mehmon sifatida «Chelsi»ga qarshi o‘ynashadi.

Angliya — Premyer-liga. 6-tur
27 sentyabr 2025, shanba.
"Kristal Pelas" (London) — "Liverpul" (Liverpul) — 2:1
Gollar: 1:0 — Sarr, 9’, 1:1 — Kyeza, 87’, 2:1 — Nketia, 90+7’

Kiritildi: 23:12 27.09.2025. O'qildi: 946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!