"Manchester Siti" himoyachisi Abdulqodir Husanov "Liverpul"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda "qizillar"ning sobiq futbolchisi Mamadu Saxo xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Liverpul" uzoq vaqtdan beri o‘zbek futbolchisining iste’dodini kuzatib kelmoqda va unga qoyil qolmoqda. Agar "qizillar" himoyachi uchun taxminan 47 million funt sterling taklif qilsa, bu klubni sotishga undashi mumkin.
Abduqodir Husanov shu yilning yanvar oyida "Lans"dan "Manchester Siti"ga 40 million yevro evaziga qo‘shilgan. Bu mavsumda himoyachi klub safida barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham gol ura olmadi.