Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Isroil havo hujumlari natijasida 12 kishi halok bo‘lgan, yana 109 kishi jarohat olgan.
Vazirlik bildirishicha, 2 martdan buyon boshlangan harbiy keskinlashuv davrida qurbonlar umumiy soni 3123 kishiga, yaralanganlar soni esa 9506 kishiga yetgan.
Ayni paytda Nabatiya va Tir shaharlarida qutqaruv xizmatlari vayron bo‘lgan binolar qoldiqlarini tozalash ishlarini davom ettirmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini bildirgan.