Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Livan janubida Isroil dronlari hujumi oqibatida bir nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Livan janubida Isroil dronlari hujumi oqibatida bir nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Isroil harbiy-havo kuchlarining dronlari Livan janubidagi Bint-Jbeyl shahri chekkasida bir qator zarbalar berdi, natijada kamida bir fuqaro halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohat oldi.

Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.

"Isroil dronlarining Safo al-Hava hududida avtomobilga hujumi chog‘ida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi”, — deyiladi matnda. Shakra va Sheba hududlaridan uch nafar qurbon haqida ma’lumot olingan, ulardan biri og‘ir ahvolda kasalxonada.

Avvalroq Lebanon 24 axborot portali Isroil qo‘shinlari Livan hududini artilleriyadan o‘qqa tutish chog‘ida Meys al-Jebel va Kfar Kila aholi punktlaridagi uylarni vayron qilgani haqida xabar bergan edi. Mumkin bo‘lgan qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 18:11 05.07.2025. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!