Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Litvaning uch nafar xitoylik diplomatni persona non grata deb e’lon qilish qarorini qabul qilib bo‘lmas deb atadi.
«Xitoy ushbu asossiz va provokasion qarorni qoralaydi va tan olmaydi,» - deya Xitoy tashqi siyosat idorasi nomsiz vakilining so‘zlarini keltirmoqda rasmiy matbuot.
«29 noyabr kuni Litva Tashqi ishlar vazirligi hech qanday tushuntirishsiz Xitoyning Litvadagi missiyasi xodimlarini persona non grata deb e’lon qildi va ularga mamlakatni tark etishni buyurdi», — dedi Xitoy TIV vakili.
Xitoy Litvani Xitoyning suvereniteti va hududiy birligiga putur yetkazishni bas qilishga, ikki tomonlama munosabatlarni murakkablashtirmaslikka chaqirdi. «Xitoy Litvaga qarshi javob choralarini ko‘rish huquqiga ega», - deya ogohlantirdi Xitoy TIV vakili.
Xitoy TIV Litva ikki davlat munosabatlarining keskinlashuviga olib keladigan qarorlarni birinchi marta qabul qilmayotganini eslatdi.
O‘tgan hafta OAV xabarlariga ko‘ra, Litva uch xitoylik diplomatni persona non grata deb e’lon qilgan va ularga mamlakatni tark etish uchun bir hafta muhlat bergan.