Litvaning Migrasiya departamenti Tojikistondagi tashqi viza markazini yopishni taklif qilmoqda, deb xabar beradi LRT. Ushbu markaz orqali tadjik fuqarolari Litvada ishlash va vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma olish imkoniga ega edilar. Markaz 2024 yil kuzida yopilishi mumkin.
📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil iyuni boshida Litvada 6250 nafar tadjikistonlik vaqtincha yashash huquqiga ega bo‘lgan. Ammo ularning ko‘pchiligi VNJ (vaqtinchalik yashash guvohnomasi) muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy ravishda qolishda davom etmoqda.
🔴 Migrasiya departamenti rahbari Evelina Gudzinskayte:
«Tadjikiston fuqarolari o‘z vaqtida ketmaydi, shuning uchun ularga chiqib ketish bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi. Bu ko‘rsatkich o‘zbeklarga nisbatan ham yuqori».
Uning ta’kidlashicha, tadjik fuqarolari ba’zan Belarus orqali Litvaga noqonuniy kirishga urinayotgani ham qayd etilgan.
📍 Litvaning Tojikistonda elchixonasi yo‘q. Bu mamlakatdagi viza va konsullik masalalari Litvaning Qozog‘istondagi elchixonasi orqali hal etiladi. Tadjikiston fuqarolari hozirda Dushanbe'dagi VFS Global markazi orqali viza va VNJ hujjatlarini topshiradi.
Ofisial Tojikiston tomoni hozircha bu qaror bo‘yicha hech qanday izoh bermadi.