Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Litva NATOdan dronlarni urib tushirish qoidalarini o‘zgartirishni so‘ramoqchi

Litva NATOdan dronlarni urib tushirish qoidalarini o‘zgartirishni so‘ramoqchi

Litva hukumati mamlakat havo hududini buzib kirgan uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirish tartibini o‘zgartirish masalasida NATO bilan muzokaralar boshlamoqchi.

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mindaugas Sinkyavichyus LRT milliy telekanali efirida ma’lum qildi.

"Men dronlarning havo hududiga kirib kelishiga javob qaytarish tartibini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha NATO bilan maslahatlashuvlarni boshlash haqida topshiriq berdim. Buning uchun bir oy yetarli bo‘ladi, deb umid qilaman", — dedi bosh vazir.

Hozirgi tartibga ko‘ra, qiruvchi samolyot uchuvchisi havo hududiga kirgan ob’ektni ko‘zi bilan aniqlamasa, uni urib tushirishga ruxsat berilmaydi. Shu sababli tuman yoki bulutli ob-havo sharoitida radar orqali aniqlangan dronni yo‘q qilish imkoniyati cheklanadi.

Litva tomoni NATO bilan maslahatlashuvlar orqali ushbu talabni qayta ko‘rib chiqish va qiruvchi samolyotlarga ob’ekt bilan bevosita vizual aloqa o‘rnatmasdan ham uni urib tushirish imkonini berishni ko‘zlamoqda.

Kiritildi: 23:20 19.10.2026. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!