Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Lionel Messi o‘z kelajagi haqida gapirdi

Lionel Messi o‘z kelajagi haqida gapirdi

«Inter Mayami» jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi o‘z faoliyatining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

«Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman va faoliyatimning har bir lahzasidan zavq olayapman. Klub, o‘yinlar, jamoadoshlar, oilam, do‘stlarim – barchasidan zavq olayapman.

Men oldindan reja qilmayman. Shunchaki, hozirgi ondan bahra olib yashayman», – dedi Messi. Uning so‘zlarini insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoq X (ilgari Twitter) orqali keltirdi.

Avvalroq, Lionel Messining kelasi mavsumda «Barselona»ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ispaniya klubi 37 yoshli hujumchini 2025 yil oxiridagi MLS mavsumi tugagach, qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin.

3 mart kuni «Inter Mayami» safarda MLS doirasida «Xyuston Dinamo»ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 23:37 28.02.2025. O'qildi: 1360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!