Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Lionel Messi jahon chempionatlari tarixida takrorlanmas rekord o‘rnatdi

Lionel Messi jahon chempionatlari tarixida takrorlanmas rekord o‘rnatdi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jahon chempionatlari tarixida ketma-ket yettita uchrashuvda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Iordaniyaga qarshi bahsda Messi yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va shu orqali hech bir futbolchi erisha olmagan noyob natijani qayd etdi.

Shu tariqa, argentinalik yulduz sayyoramizning eng nufuzli futbol musobaqasida ketma-ket yetti o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari, Messi jahon chempionatlaridagi gollari soni bo‘yicha o‘z rekordini ham yangiladi. Endi uning hisobida mundiallarda 19 ta gol mavjud.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Miroslav Kloze va Kilian Mbappedan yanada ilgarilab ketdi. Ularning har biri hisobida 16 tadan gol bor.

Kiritildi: 14:20 28.06.2026. O'qildi: 3431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!