Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Lionel Messi Ispaniyada nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

Lionel Messi Ispaniyada nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

Argentinalik mashhur futbolchi Lionel Messi Ispaniyada nufuzli Asturiya malikasi mukofoti bilan taqdirlandi.

Hozirda «Inter Mayami» sharafini himoya qilayotgan hujumchi ushbu mukofotga futboldagi ulkan yutuqlari va xayriya sohasidagi faoliyati uchun sazovor bo‘ldi.

Taqdirlash marosimida mukofotni Messiga Ispaniya taxti vorisi, malika Leonor shaxsan topshirdi.

Argentinalik yulduz 22 oktyabr, payshanba kuni rafiqasi Antonella Rokusso bilan birga Ispaniyaning Asturiya hududiga tashrif buyurgan edi.

Messining turmush o‘rtog‘i ham mukofot topshirish marosimida ishtirok etib, futbolchiga hamrohlik qildi.

Qayd etish joiz, ushbu tadbir «Inter Mayami»ning AQSh chempionatidagi navbatdagi uchrashuvidan uch kun oldin bo‘lib o‘tdi. Florida klubi 25 oktyabr kuni MLS doirasida «Nyu-York Red Bullz»ga qarshi maydonga tushadi.

Lionel Messi joriy mavsumda «Inter Mayami» tarkibida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 29 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, argentinalik yulduz oktyabr oyida milliy terma jamoa safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazib, xalqaro faoliyatini yakunladi.

Kiritildi: 23:23 23.10.2026. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!