Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Lids» muxlislari ro‘zador futbolchilar uchun to‘xtatilgan o‘yinni hushtakbozlik bilan kutib olishdi, Pep esa ularga javob qaytardi

«Lids» muxlislari ro‘zador futbolchilar uchun to‘xtatilgan o‘yinni hushtakbozlik bilan kutib olishdi, Pep esa ularga javob qaytardi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 28-turidan o‘rin olgan bahsda «Lids» muxlislari tomonidan yangragan hushtakbozlikka o‘z munosabatini bildirdi.

O‘yinning birinchi bo‘limi davomida bosh hakam Piter Benks Ramazon oyida ro‘za tutayotgan futbolchilar iftorlik qilib olishlari uchun o‘yinni to‘xtatgan edi.

«Zamonaviy dunyo shunaqa, to‘g‘rimi? Hozir, ayni damda dunyoda nimalar bo‘layotganiga bir qarang. Dinlarni hurmat qiling, xilma-xillikni hurmat qiling – asosiy maqsad mana shunda! Bu qoida.

To‘xtalish — bizning qarorimiz emas, Premyer-liga: «Yaxshi, ovqatlanish uchun bir-ikki daqiqa ajratish mumkin, futbolchilar – buni amalga oshiring», deb aytgan. Rayan Sherki va Rayan Ait-Nuri kun bo‘yi hech narsa yeyishmagan edi, shu sababli birinchi bo‘limda biroz vitaminlar qabul qilib olishdi», — dedi Gvardiola.

Kiritildi: Bugun 14:00. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!